• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    34 yillik sir: Sharof Rashidovning xos soqchisi bilan intervyu uyushtirildi

    “Asr.uz” nashri O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik xizmatida uzoq yillar xizmat qilgan, mamlakatning uch rahbari — Sharof Rashidov, I.Usmonxo‘jayev va I.Karimovga tansoqchilik qilgan — zaxiradagi polkovnik Muhammadqulov Sa’dullo Murodilloyevich bilan intervyu uyushtirdi.

    Foto: “Asr.uz”

    Foto: “Asr.uz”

    Sobiq komissar (sobiq Ittifoq davrida tansoqchilar xuddi shunday atalgan) ko‘pchilik uchun qiziq va shu bilan birga sirli bo‘lgan tansoqchilar hayoti haqidagina emas, balki bugun O‘zbekiston 100 yillik yubileyini nishonlash arafasida turgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi — Sharof Rashidovning hayoti, fe’l-atvori, siyosiy va psixologik portreti hamda Sh. Rashidov rahbarlik qilgan davrda O‘zbekiston jahonda qanday mavqega ega bo‘lganligi haqida so‘zlab berdi.

    Sa’dullo Murodilloyevich suhbat avvalida nega aynan bugunga kelib o‘z faoliyati haqida gapirishga qaror qilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

    “Eng avvalo aytish joizki, tansoqchi degan ibora bizda kamdan-kam qo‘llaniladi. Sobiq sovet Ittifoqida qo‘riqlanayotgan shaxsga bevosita xizmat qilgan shaxs — davlat xavfsizligidan biriktirilgan ofitser deyilar edi. Chet elni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, “Xos soqchi” (“Teloxranitel”) nomi bilan bir necha filmlar suratga olingan. Ularning birida Amerika Prezidentining xavfsizligini ta’minlash haqida, ikkinchisida mashhur qo‘shiqchining xavfsizligini, yana boshqasida esa katta biznesmenning xavfsizligini ta’minlash haqida hikoya qilinadi. Bizda esa bu xizmat haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Shu bois, oradan 34 yil o‘tib, men O‘zbekiston Respublikasidagi xos soqchilik faoliyati haqida gapirib berishga qaror qildim”, — dedi u.

    “Ochig‘ini aytaman, bolaligimda tansoqchi bo‘laman deb orzu qilmaganman, — deb hikoyasini boshladi suhbatdosh. — Har gal yangi kitobni o‘qib tugatishim bilan orzularim ham o‘zgarar edi: olim, injener, uchuvchi, tankist, razvedkachi yoki militsiya xodimi…”

    Suhbatdoshimiz maktabda a’lo baholarga o‘qib, o‘qishni oltin medal bilan bitirgach Samarqand davlat universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kiradi va ma’lum muddat o‘z ona qishlog‘ida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi ham.

    “Matematika fani o‘qituvchisi bo‘la turib, bu lavozimiga qanday kelib qoldingiz?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:

    “Ma’lum muddat maktabda ishlagach, ishning bir xilligidan zerikib, militsiyaga o‘tishga qaror qildim. Ammo taqdir taqozosi bilan xavfsizlik organiga ishga kelganman. Samarqand viloyati boshqarmasida 5 yilga yaqin ishlaganimdan keyin meni o‘sha davrda juda katta obro‘ga ega bo‘lgan respublika xavfsizlik qo‘mitasining maxsus bo‘limi — 9-bo‘limga “katta xos soqchi” lavozimiga tayinlashdi. O‘sha vaqtda respublikada faqatgina 3 ta xos soqchi bo‘lganini, ularning biri Sovet Ittifoqi Qahramoni, ikkinchisi podpolkovnik bo‘lganini e’tiborga olsak, oddiy o‘qituvchi oilasidan chiqqan va yaqindagina kapitan unvonini olgan 28 yoshli yigitning bunday katta obro‘ga sazovor bo‘lishi albatta, afsonaviy hol edi.

    Sharof Rashidovni 1976-yildan boshlab juda ko‘p marta yaqindan ko‘rganman, ular Samarqand viloyatiga kelganlarida xavfsizliklarini ta’minlash tadbirlarida faol qatnashganman. Tadbirlar tugashi bilan ular har safar xavfsizlik xodimlariga qo‘l berib rahmat aytar va xayrlashar edilar. Ularning xarakterlari, odatlari va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumotga ega edim. Ish yuzasidan esa har bir nutqlari, suhbatlari, intervyu yoki chiqishlarini qunt bilan o‘rgangan edim. Lekin avval aytganimdek, ularga yaqindan turib xizmat qilish xayolimga kelmagan edi.Mening bu ishga o‘tishim ham ma’lum darajada tasodif bilan bog‘liq. 1980-yilning mart oyida Samarqandda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika seminari Sharof Rashidovichning ishtirokida o‘tkazilishi mo‘ljallangan bo‘lib, ular viloyatga kelgandan keyin, men Xavfsizlik boshqarmasi rejasi bo‘yicha, Sharof Rashidovich yashaydigan rezidensiyada kechasi navbatchilikda turishim kerak edi. Kunduzi esa ishxonada bo‘lib zarur topshiriqlarni bajarishim zarur edi. Seminar boshlanishi kuni men ertalab soat 8 da majlis bo‘ladigan “Opera va balet teatri” binosi yonidan o‘tayotib “bir xabar olay, mabodo mening yordamim kerak bo‘lib qolar”, — deb ustozim Ahror Akramov yonlariga bordim.

    Tasodifni qarangki, Hukumat a’zolariga ajratilgan xonaning xavfsizligini ta’minlashi kerak bo‘lgan xodim kechikayotganidan Ahror aka rosa asabiylashayotgan ekanlar.

    Meni ko‘rib juda xursand bo‘ldilar va bu xonaning yonidagi postga meni tayinladilar. Men postni qabul qilib o‘sha kuni seminar tugagunga qadar bir necha marta Sharof Rashidovning “nazarlarig”» tushdim. Shu kuni Sharof Rashidovichning xos soqchilari boshlig‘i Sovet Ittifoqi qahramoni, polkovnik Bois Hamidovich Ergashev bilan tanishdim. Bois aka Xavfsizlik qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i O. Mahmudov va kadr bo‘yicha uning o‘rinbosari V.K. Panin bilan suhbatlashib bir necha oydan beri bo‘sh bo‘lgan “xos soqchi” lavozimiga nomzod topa olmayotganligi haqida gapirib, birorta yaxshi yigitni topib berishni iltimos qilgan. Ular Bois aka bilan suhbatda meni uzoqdan ko‘rsatib nomzodimni tavsiya qilgan ekan. Usha kunlari meni Samarqand viloyati boshqarmasining Narpay bo‘linmasiga boshliq etib tayinlash uchun hujjatlarim Toshkentga yuborilgan edi.Seminar tugagandan keyin bu gaplarni menga V.K. Panin gapirib berdi. Kechqurun men Sharof Rashidovich yashayotgan rezidensiyaga navbatchilikka kelganimda Bois aka bir varaq qog‘oz berib o‘zim haqimda zarur ma’lumotlarni yozib berishni iltimos qildilar.

    Bir oydan keyin esa men bilan Samarqandga kelgan Xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari general-mayor Levon Nikolayevich Melkumov suhbatlashdi. U kishi mendan o‘zimning rejalarim va ota-onamning mabodo meni Toshkentga 9-bo‘limga ishga olishsa rozilik berish-bermasligini so‘radi. Men esa harbiy kishi sifatida har qanday topshiriqni bajarishga tayyor ekanligimni, ota-onam o‘qimishli kishilar ekanliklarini, ular albatta rozilik berishlarini ta’kidladim. Suhbat oxirida men ruxsat so‘rab, generalga karatechi yoki sportchi emasligimni, o‘qotar qurollardan otishda ham oliy natijalarga erishmaganimni aytdim va men shu lavozimga loyiq yoki loyiq emasligimni so‘raganimda, L.N.Melkumov kulib, “to‘g‘ri savol berdingiz, lekin bizga sportchi yoki mergan emas, katta tadbirlarni o‘tkazishga rahbarlik qila oladigan va alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan kuchli tezkor xodim kerak. Men suhbatdan oldin siz haqingizda kerak bo‘lgan hamma ma’lumotlarni olganman”, — deb javob berdi”.

    Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, yuksak vazifaga tayinlangan paytning o‘zidanoq unga birgina savol tinchlik bermagan: “Men xizmatni qanday olib boraman?” degan. “Bu men uchun ham qiziqarli va bir vaqtning o‘zida murakkab masala edi”, — iqror bo‘ladi u.

    “1983-yilning 26-aprel kuni meni Sharof Rashidovich bilan suhbatga taklif qilishdi. Men va Ahmadjon aka kabinetiga kirib kelganimizda, Sharof Rashidovich biz bilan o‘rnilaridan turib ko‘rishganliklari hali-hanuz yodimdan chiqmaydi. Ahmadjon aka Sharof Rashidovichga men haqimda kerakli ma’lumotlarni bergach, u kishi men bilan suhbatga kirishdilar. O‘zim haqimda, ota-onam haqida aytib berishimni so‘radilar.

    O‘zim haqimda qisqa gapirgach, otam o‘qituvchi bo‘lgani, hozir nafaqada ekanliklari, onam esa uy bekasiligini, 8 nafar farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul ekanliklarini aytib berdim. U kishi oilamizning har bir a’zosini ismi-sharifidan tortib, qayerda ishlashlarigacha so‘radilar va suhbat yakunida Ahmadjon akaga qarab “O, mulla Ahmadjon, o‘zimizdan ekan-u bular”, — deb aytdilar.

    So‘ngra mendan “tansoqchi vazifasi nimadan iboratligini bilasizmi?” deb so‘radilar. Taxminan tasavvur qilishimni aytganimdan so‘ng, “yaxshi” dedilar-da xos soqchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarni sanay ketdilar.

    Xos soqchi kim va qanday bo‘lishi kerak edi?

    Xos soqchi birinchidan, albatta Davlat xavfsizlik qo‘mitasining xodimi bo‘lishi, ikkinchidan, xavfsizligi qo‘riqlanadigan kishining 100 foizli ishonadigan kishisiga aylanishi, uchinchidan, kecha-yu kunduz, ya’ni 24 soat qo‘riqlanadigan kishining yonida bo‘lishi, to‘rtinchidan, u kishining topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlashi, xavfsizlik masalalari bo‘yicha faqatgina Xavfsizlik organining raisi, uning bitta muovini va o‘zining bevosita boshlig‘i bilan ishlashi, ish yuzasidan ularga aytish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni berishi, xavfsizligi ta’minlanishi kerak bo‘lgan kishi va uning oila a’zolariga sadoqat bilan xizmat qilishi kerak edi.

    Bundan tashqari, qo‘riqlash degan so‘zning ma’nosi xos soqchi tomonidan qo‘riqlanadigan kishi va uning oila a’zolari uchun: xafsizlik, salomatlik, tinchlik, osoyishtalik, ishlash uchun, bir joydan ikkinchi joyga harakatini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, qisqasi 24 soat ichida xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

    Shuningdek, o‘qotar qurollaridan foydalana bilish va yaxshi otish, jismoniy quvvat, qattiqqo‘llik, qo‘l jangi usullarini bilish va eng asosiysi qo‘riqlanayotgan kishiga nisbatan hujum bo‘lgan vaqtda xos soqchi zarbaga o‘z gavdasini qo‘ya bilishi, zarur bo‘lsa jonini berishgacha bo‘lgan majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olgan bo‘lishi kerak. Agar hammasini lo‘nda qilib aytsam — xos soqchi qo‘riqlanadigan kishi va uning oila a’zolariga fidoyi bo‘lishi kerak.

    Sharof Rashidovich tan soqchi birinchi navbatda kamtar, tezkor, kuzatuvchan, va eng asosiysi, kam gapirib, ko‘p eshitadigan bo‘lishi, ko‘p o‘qiydigan hamda qilgan xizmatidan hamma mamnun bo‘ladigan darajada sifatlarga ega bo‘lishi kerakligini aytdilar.

    O‘shanda Sharof Rashidovichga “men sizga xizmat qilishga tayyorman. Agar lozim bo‘lsa, siz uchun hayotimni fido qilishga ham roziman. Men bilaman, tansoqchilik bu oson ish emas, shu bois men sizga o‘g‘lingiz qatorida xizmat qilaman”, — deya va’da berdim.

    Shunday qilib, 1983-yilning 9-mayida birinchi kun Sharof Rashidovichning xos soqchisi sifatida ishga chiqdim. Bu men uchun katta sharaf va baxt, shu bilan birga kamdan-kam odam tushunadigan o‘ta og‘ir mas’uliyat edi”.

    02.11.2017, 08:35   Izoh (0)   62012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yangi “parvoz qilayotgan” soyabonlar xiyoboni ochildi (foto)

    02.11.2017, 08:19

    Samarqandda har oyning oxirgi shanbasi “Mahalla kuni” deb belgilandi

    02.11.2017, 07:15

    “O‘zsanoatqurilishbank” paypoq fabrikasi haqida “Pravda Vostoka” bir hafta avval e’lon qilgan maqolaga raddiya berdi

    01.11.2017, 22:22

    Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan Sayfullo Soipov, Beatriks Kiddo obrazidagi Lola Karimova-Tillayeva, o‘z Reglamentini muntazam buzishda ayblangan O‘FF va kunning bosh...

    01.11.2017, 21:24

    Bu loyiha bilan Prezident tanishgan edi: Qiziltepadagi to‘qimachilik fabrikasi ishga tushishiga Milliy bank va elektr tarmoqlari korxonasi xalal bermoqda

    01.11.2017, 18:47

    Navoiyda eksport uchun paypoq ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatiga “O‘zsanoatqurilishbank”ning sustkashligi to‘siq bo‘layotgani ma’lum qilindi

    01.11.2017, 17:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.