Bonhams kimoshdi savdosida 1894-yili Britaniyada ishlab chiqarilgan Santler 3½hp Dogcart avtomobili sotuvga qo‘yiladi. To‘liq ishlash sharoitida bo‘lgan ushbu avtomobil (joriy yilda u London—Brayton poygasida ishtirok etgan) 200—250 ming funtga sotilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Motor”.
Sotuvga qo‘yilgan avtomobil nusxasi aka-uka Charlz va Valter Santlerlar tomonidan yaratilgan. Ular 1889-yilda Buyuk Britaniyada mashina ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan birinchi odamlardir. Ular Malvernia markasida ostida sotilgan bug‘ dvigatelli avtomobillar va velosipedlar ishlab chiqargan.
Sotuvga qo‘yilgan mashina ham avvaliga bug‘ dvigatelida harakatlangan, biroq 1950-yilda amalga oshirilgan restavratsiya ishlari natijasida unga suv bilan sovutiladigan bir silindrli Benz motori o‘rnatilgan. Bundan tashqari avtomobilning kuzovi butunlay yog‘ochdan ishlangan, shassisi temir va elliptik ressordan yasalgan.
Izoh (0)