Rossiyaning Saratov viloyati Petrov tumanida “KamAZ” yuk mashinasi va Volkswagen Caravelle mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtohalokat oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan. Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari edi.
Rossiya IIVning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, “KamAZ”ning 28 yoshli haydovchisi trassa bo‘ylab harakatlanayotgan mikroavtobusga yo‘l bermagan.
“Mikroavtobusning 21 yoshli haydovchisi hamda uch yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etgan. Volkswagen Caravelle’ning yana bir 29 yoshli yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mikroavtobusning 19 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lgan yana olti yo‘lovchisi shifoxonaga joylashtirilgan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)