30-oktabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida ikki Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, to‘qnashuv yuz bergan vaqtda Damas’larda haydovchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan. Avariya oqibatida haydovchilar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
YTH natijasida Damas’larga jiddiy zarar yetgan, ulardan biri hatto ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avariya kanalizatsiya ta’miridan so‘ng o‘rni to‘ldirilmagan o‘ra sabab yuz bergan.
Izoh (0)