Qozog‘iston kelasi yil Ravon brendi ostida 7 mingta o‘zbek avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Yerik Utembayev ma’lum qildi, deb yozadi “1news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tomonidan Qozog‘istondagi sherigi — “Sariarka Avtoprom” korxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha korxonalarda ayni paytgacha mingdan ortiq mashina ishlab chiqarilgan.
“Avtomobillarga talab katta, shu tufayli ularga bo‘lgan ehtiyoj ham oshmoqda. Ishlab chiqarish hajmi bilan birgalikda, modellar qatorini ham ko‘paytirish rejalashtirilmoqda”, — dedi Utembayev. Ammo u aynan nechta model ishlab chiqarilishini aytmadi.
Izoh (0)