Sizning yashirin mahoratlaringiz orzuingizga yaqinlashishga yordam berishi mumkin. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni topish uchun, to‘rtta savolga javob bering.
Biron-bir muvaffaqiyatga erishishda qaysi mahoratlaringiz yordam berdi?
Muvaffaqiyatli maslahatchi Skott Edinger kambag‘al oilada katta bo‘ldi, to‘qqiz yoshida esa ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan boshqa bir oila tomonidan asrab olindi. Hayotiy sharoitlar uni muomala, nizolarni hal qilish, odamlarni ishontirish va ularning ruhiyatini tushunish mahoratlarini o‘stirishga majbur qildi.
Universitetda u o‘zaro fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan malakalarini charxladi. Yuzlab debatlarda qatnashgan Edinger qatnashuvchilarning eng yaxshi beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada u kommunikatsiya va ritorika sohasida ilmay darajani qo‘lga kiritdi.
Universitetni tamomlagandan so‘ng u AQSh dagi yirik kompaniyalardan birida ikkinchi raqamli sotuvchiga aylandi va sotish masalalarida boshqa tashkilotlarga ham maslahatlar bera boshladi.
Sizga nima kuch bag‘ishlaydi?
Aynan qaysi mashg‘ulotlar sizga kuch bag‘ishlashini aniqlash yordamida siz kelajakda ko‘plab muammolarni hal qila olishingiz mumkin.
Bolaligingizda siz boshqa bolalardan nimangiz bilan ajralib turar edingiz?
Siz qanday maqtovlarni e’tiborsiz qoldirishni ma’qul ko‘rasiz?
Shuning uchun odatda siz e’tiborsiz qoldiradigan maqtovlarni nazarga oling.
Agar siz biron narsani osonlik bilan bajarsangiz, bu hammaning ham shunday qobiliyati bor degani emas.
Rezyumengizni qaytadan ko‘rib chiqing: balki sizni boshqa xodimlardan ajratib turuvchi mahoratingizga e’tibor bermagandirsiz.
Manba: “Layfxaker”
Izoh (0)