Rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening ota-onasi “Rossiya yordam fondi” tomonidan xonandaning davolanishi va dafn marosimi uchun ajratilgan pullarni qaytarish o‘rniga xayriya tashkilotini sudga berdi, deb yozadi 7MedNews.
“Rusfond” matbuot markazida ayblov ishi hali sudda ko‘rib chiqilmagani ma’lum qilindi. Shuning uchun ham uning mazmuni oshkor qilinmagan. Vladimir va Olga Friskelarning ayblovi sudda ko‘rib chiqilmasligi ham mumkin.
Xayriya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda fond tomonidan ajratilgan va xonandaning o‘limidan so‘ng uning oilasida qolgan 21,6 million rubl mablag‘ qaytarilmagan.
Marhum xonanda Janna Friskening turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev ayblov haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)