Fransiya poytaxti Parij shahrining asosiy ramzi Eyfel minorasiga tashrif buyuruvchi mehmonlarda golf o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Golf maydonchasi 57 metr balandlikda joylashgan.
O‘ziga xos loyiha Fransiya golf federatsiyasi hamkorligida Rayder kubogi uchun AQSh va Yevropa o‘rtasida mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa oldidan tashkil etildi. Musobaqa 2018-yilning 25—30-sentabr kunlari Le Golf National kompleksida o‘tkaziladi.
Kichik golf maydonchasini Parijning eng ommabop diqqatga sazovor maskanlarining maketlari, jumladan shishadan yasalgan Luvr muzeyiga kirish piramidasi, Bibi Maryam ibodatxonasi, Eyfel minorasi, Garnye operasi maketlari bezab turibdi.
57 metr balandlikda 5-noyabrgacha golf o‘ynash mumkin.
Izoh (0)