Ispaniya Senati Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan chetlashtirib, mintaqada Madridning bevosita boshqaruvini joriy etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hujjatni yoqlab 214 senator ovoz berdi, 47 kishi qarshi chiqdi, bir vakil ovoz berishdan tiyildi.
Vazirlar mahkamasi taqdimiga ko‘ra senatorlar konstitutsiyaning 155-moddasini amalga kiritdi. Unda muxtor mintaqa mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi to‘xtatilishi belgilangan.
O‘z navbatida, oldinroq Kataloniya parlamenti mustaqillik haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgan edi.
Izoh (0)