Kataloniya muxtoriyati markazi — Barselona shahri meri Ada Kolau mintaqaviy va federal hukumat nuqtai nazarlarini qaror qabul qilishga shoshilayotgan lokomotivlarga qiyosladi va muloqotning davomida biror tarafda turmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Kolau Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Biz ko‘p yillar davomida xavf haqida ogohlantirib keldik, oxirgi haftalarda esa to‘qnashuvlarning oldini olishga urindik”, — ma’lum qildi Kolau xonim.
Uning so‘zlariga qaraganda, Kataloniyada va Ispaniyada ko‘pchilik kelishib ish qilish tarafdoridir.
“Ammo endi biz Kataloniya institutlarini himoya qilishimiz, Barselona va Kataloniya ijtimoiy birdamligi va gullab-yashnashini saqlab qolish uchun harakat qilishimiz lozim. Biz odamlar bilan Ispaniya hukumat huquqlarimizni kamsitmasligi uchun kurashamiz”, — deb so‘ziga yakun yasadi mer.
Izoh (0)