Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida Amerika uchuvchisiz uchar qurilmasi bergan havo zarbasi natijasida IShID terrorchilik guruhining kamida 14 nafar jangarisi yo‘q qilindi, 8 nafari yaralandi, deb yozadi “TASS” mahalliy xavfsizlik kuchlariga tayanib.
Zarba IShID jangarilarining Xo‘janiy tumanidagi makoniga berilgan. Shuningdek, operatsiya chog‘ida terrorchilarga tegishli qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)