Ukraina davlat migratsiya xizmati Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining qochoq maqomini olish haqidagi arizasini rad etdi, deb yozadi “Pravda.com.ua”. Bu haqda bosh prokuror Yuriy Lutsenko ma’lum qilgan.
“Endi u apatrid (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)”, — dedi Lutsenko va uni deportatsiya qilishga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi hech qanday holat yo‘qligini qo‘shib qo‘ydi. Saakashvili bu borada hozircha sudga murojaat qilgani yo‘q.
Nashr eslatishicha, avvalroq Saakashvili Ukraina hukumati uni “deportatsiya qilishi va hatto o‘ldirishi” mumkinligini aytgan edi.
Izoh (0)