AQSh Yaponiyaning Okinava orolidagi Kadena aviabazasiga 12 ta F-35A jangovar samolyotini joylashtiradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi rasman ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Samolyotlar va taxminan 300 kishidan iborat shaxsiy tarkib noyabr boshida Yuta shtatidan Kadenaga keltiriladi. Ularning Okinavada rotatsiya tizimi doirasida kamida 6 oy bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda AQSh dengiz piyodalarining Xonsyu orolidagi aviabazasida vertikal parvoz va qo‘nishga qodir 16 F-35B samolyotlari joylashtirib bo‘lingan.
Ma’lumot uchun, F-35 samolyotlari “stels” texnologiyasidan foydalanib loyihalangan va yadro qurolini eltishga qodir.
Izoh (0)