2014-yilning mart oyida Bekobod shahrida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan Sherdor Nazirov firibgarlik yo‘li bilan 1985-yilda tug‘ilgan Zikrilla Vositovning ishonchini suiste’mol qilib, “Uyimni sizga sotaman”, deb aldab, undan 10 000 dollar olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)