Madagaskarda 90 dan ortiq kishi o‘latdan kasallanib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
BSSTga ko‘ra, 1-avgustdan 20-oktabrgacha Madagaskarda 1153 ta o‘latni gumon qilish holati qayd etildi. Ulardan 300 tasi tasdiqlandi, 94 kishi kasallikdan o‘ldi.
Kasallanishlarning 70 foizi odamdan odamga o‘tadigan va sutka davomida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bemorning o‘limiga olib keladigan o‘pka o‘latiga to‘g‘ri keldi.
O‘lat orol-davlatdagi 114 mintaqadan 37 tasida tarqaldi.
BSST Madagaskarga o‘latga qarshi kurashish uchun 1,2 million doza antibiotik yetkazdi va jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratdi.
Izoh (0)