Rossiyaning Lyubertsi shahridagi temir yo‘l kesishmasida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Knews.
19 yoshli qirg‘izistonlik yigitni poyezd bosib ketgan. Xabar berishlaricha, mazkur temiryo‘l kesishmasi piyodalar o‘tishi uchun moslashtirilmagan edi.
“Yosh yigit kechasi temiryo‘lda nima qilayotgani va fojia qanday sodir bo‘lganini politsiya o‘rganmoqda. Jabrlanuvchi tez yordam kelguniga qadar vafot etgan. U 1998-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi edi”, — deyiladi Rossiya nashrlari xabarlarida.
Izoh (0)