16-oktabr kuni Angren shahridagi xonadonlarning birida fuqaro hojatxona chuquriga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro chuqurdan chiqarib olingan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi o‘z uyida bo‘lib, uning sog‘ligi qoniqarli deb baholanmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. U hojatxona chuquriga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani aytilmoqda.
Izoh (0)