Toshkent shahrida 20-oktabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a‘zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan ShHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilinadi.
“Yig‘ilish yakunida vazirlar Qo‘shma bayonot qabul qilishi kutilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)