• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonda sunniy va shialar o‘rtasida hech qachon ziddiyat bo‘lmagan”. Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro anjuman ishtirokchilariga murojaat qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida 17-oktabr kuni ochilgan va 22-oktabrga qadar davom etadigan “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” mavzuidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilarini qutladi. Prezidentning konferensiya ishtirokchilariga murojaati matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Kaspiy.az”

    Foto: “Kaspiy.az”
    Muhtaram xalqaro konferensiya qatnashchilari! Hurmatli mehmonlar!

    Sizlarni tabarruk O‘zbekiston zaminida qutlash va o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan g‘oyat xursandman.

    Bugungi anjuman Ozarbayjon prezidenti, muhtaram Ilhom Aliyevning 2017-yilni Ozarbayjonda Islom birdamligi yili, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi tashabbusiga hamohang ekani bilan e’tiborga sazovordir. Shu munosabat bilan biz O‘zbekistonda do‘st Ozarbayjon prezidentining tashabbusini yuksak baholashimizni ta’kidlashni istardim.

    Ma’lumki, bizning Vatanimiz ming yillar davomida turli sivilizatsiyalar muloqotga kirishgan va bir-birini to‘ldirgan Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgan. Bu zaminda turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv va hamjihatlikda yashagan. Musulmon dunyosi taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan xalqimiz mentalitetining asosini tom ma’nodagi bag‘rikenglik, olijanoblik va ezgulik kabi fazilatlar tashkil etadi.

    Movarounnahrning go‘zal va betakror shaharlari, avvalo, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva ko‘p asrlar davomida islom ilm-fani, madaniyati va butun musulmon sivilizatsiyasining markazlari sifatida shuhrat qozongan. Bu saxovatli zamindan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Mo‘’in Nasafiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband kabi ko‘plab buyuk alloma va aziz-avliyolar yetishib chiqdi.

    Insoniyat tarixidagi noyob hodisa bo‘lgan musulmon Renessansi ana shu buyuk ajdodlarimizning diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan edi. Bu g‘oyalar bizning davrimizda, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada teran ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.

    Mamlakatimizda bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirish, millatlar va konfessiyalararo o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi va bunday yondashuv ijobiy natija bermoqda.

    Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta konfessiya vakillari tinch-totuv, do‘st-inoq bo‘lib yashamoqda. Ularning to‘laqonli ma’naviy hayot kechirishi, o‘z an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi, milliy va diniy bayramlarini nishonlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 94 foizi asosan sunniy mazhabga mansub musulmonlardir. Ularning orasida shia mazhabiga mansub yurtdoshlarimiz ham bor, lekin bu ikki mazhab vakillari o‘rtasida hech qachon nizo va ziddiyatlar yuzaga kelmagani e’tiborga molikdir. Bizning ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatimizda hamkorlik, o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlash bugungi kunda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

    O‘ylaymanki, bu masala aynan bugungi kunda, dunyoning turli mintaqalarida keskinlik va radikalizm kuchayib, diniy ekstremizm va terrorizm tobora avj olib borayotgan hozirgi vaqtda ayniqsa muhim va dolzarb ahamiyatga ega.

    Shu ma’noda, O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani chuqur mantiqiy asosga egadir. Zero, muqaddas dinimiz bag‘rikenglikka, ezgu amallar va baxtu saodatga olib boradigan yo‘l aynan ma’rifat ekanini alohida uqtiradi.

    Islom dinining tinch-osoyishta hayotga, boshqa xalqlarga hurmat, mehr-oqibat ko‘rsatib yashashga da’vat etadigan asl insonparvarlik mohiyatini har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etishga O‘zbekistonda katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti, Buxoro shahrida Mir Arab islom instituti, 9 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda, poytaxtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda esa Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Bugungi kunda butun dunyo, ayniqsa, islom hamjamiyati davrning tahlikali tahdidlari bilan yuzma-yuz turibdi. Islom dinini siyosiylashtirish va musulmon yoshlarni radikallashtirish borasidagi urinishlar bunday xatarlarni o‘ta jiddiy tahlil qilish, baholash va ularga munosib javob berishni taqozo etmoqda.

    Dunyodagi ayrim doiralar islomga qarshi kayfiyatni kuchaytirgan holda, islom dinini terrorizm mafkurasi bilan bog‘lashga urinayotganini ming afsus bilan qayd etishga to‘g‘ri keladi. Bu omil islom olamini yanada jipslashishga chorlamoqda. Islom hamjihatligi jahondagi keskinlikni yumshatishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

    Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimizning mujassam manbai sifatida behad qadrlaymiz. Biz buyuk dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, hayotda asl insoniy fazilatlarni qaror toptirishga da’vat etadi.

    Shu munosabat bilan, faqat barcha musulmon mamlakatlari bilan birgalikda eng muhim vazifani, ya’ni, ulug‘ ajdodlarimiz diniy-ma’naviy merosining ajralmas qismi bo‘lgan musulmon axloq-odob qoidalarini, jumladan, mo‘’tadillik, murosa qilish, tinchlik-xotirjamlik va bir-birini o‘zaro tushunib yashashga intilish kabi olijanob fazilatlarni asrab-avaylash va bugungi real vaziyatni hisobga olgan holda butun jahon hamjamiyatiga yetkazishdek g‘oyat muhim vazifani hal qilishimiz mumkin, deb ta’kidlash o‘rinlidir.

    Qadrli do‘stlar!

    “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” xalqaro konferensiyasi islom dinining asl qadriyatlarini asrab-avaylash, musulmon davlatlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, ularning ravnaq topishi va farovonlikka erishishdek ezgu maqsad yo‘lida xizmat qilishiga ishonaman.

    Anjuman ishtirokchilariga mustahkam sog‘lik, tinchlik va omonlik hamda konferensiya ishining samarali bo‘lishini tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    18.10.2017, 22:30   Izoh (0)   15612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilovni qabul qildi

    18.10.2017, 22:21

    Toshkentda bir kunda 10 ta yong‘in qayd etildi. Ularning ikkitasi shaxsiy uyda, bittasi kafeda yuz berdi

    18.10.2017, 22:10

    O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari tayinlandi

    18.10.2017, 21:42

    MDH Ijroqo‘mi raisi birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy O‘zbekistonga keldi

    18.10.2017, 21:36

    Olmaliqda uyda bir o‘zi qamalib qolgan 2017-yilda tug‘ilgan chaqaloq qutqarildi

    18.10.2017, 21:30

    Dilshod Kenjayev xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga qaytarildi

    18.10.2017, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20

    Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 14:53

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.