AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi qurolli guruhlardan biri — “Suriya demokratik kuchlari” (“SDK”) uzoq vaqtdan beri IShID terrorchilik tashkiloti poytaxti deb baholanib kelgan Raqqa shahrini jangarilardan tortib oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 17-oktabr kuni Suriya hukumatiga muxolifatda bo‘lgan “SDK” kuchlari terrorchilarning Raqqadagi so‘nggi qarshilik ko‘rsatish nuqtasi — stadionni egallagan. Raqqa shturmi taxminan to‘rt oy davom etdi.
IShID Raqqani 2014-yil yanvarida, Iroq va Suriyaning katta hududlari egallab olinishi bilan yakuniga yetgan keng miqyosli bosqin davomida o‘z nazoratiga o‘tkazgan edi.
2016—2017-yillar davomida Rossiya ko‘magida harakat qilayotgan Suriya hukumati armiyasi hamda AQSh boshliq xalqaro koalitsiya yordamida kurash olib borayotgan Suriya muxolifati va Iroq armiyasi operatsiyalari davomida IShID o‘zi egallagan qariyb barcha hududlardan mahrum bo‘ldi.
2017-yilning iyul oyida IShID Mosuldan quvib chiqarilgan edi — bu terrorchilar tomonidan bosib olingan Iroqdagi eng yirik shahar edi.
Izoh (0)