Maxachqal’ada yashovchi Hamid Magomedov hayotini xavf ostiga qo‘yib, gaz qamalib qolgan uydan ayol va uning 4 nafar bolasini qutqarishda yordam berdi. Bu haqda Rossiya FVV Janubiy mintaqaviy markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Tungi soat 3 da Hamid ko‘chada kimnidir yordam so‘rab yolvorishidan uyg‘onib ketdi. Ikkinchi qavatdagi uy derazasidan ayol kishi ‘uyda gaz, bolalarim o‘lyapti, yordam bering’, deb qichqirayotgandi. Erkak uy bekasini chiroqni yoqmaslik haqida ogohlantirib, narvon yordamida ikkinchi qavatga ko‘tarildi va ikki bolani olib, ko‘chaga olib chiqdi. Shundan so‘ng yana ko‘tarilib, bolalarning kattasini qutqardi”, — deyiladi markaz xabarida.
10 oyli bolasi bo‘lgan ayolga deraza orqali chiqishida yordam berildi.
Hodisa Maxachqal’ada 1-oktabr kuni ro‘y berdi, biroq bu haqda ikki haftadan so‘ng, 17-oktyabr, seshanba kuni ma’lum bo‘ldi.
FVV dekabrda Hamid Magomedovni taqdirlaydi: unga minnatdorlik maktubi va sovg‘a taqdim etiladi.
Izoh (0)