O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi “Rahimbergan hoji anbar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi dalasida ilg‘or dehqon va fermerlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Muloqotda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, odamlar tafakkuri, mehnatga munosabatida ro‘y berayotan o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, takroriy ekinlar ekib, qo‘shimcha daromad topishning ahamiyati ta’kidlandi.
Bu islohotlardan asosiy maqsad — odamlarning daromadini, yurtimiz fayzu barakasini oshirish. Toki ishlaganlar mehnatining rohatini ko‘rsin, xalqimiz boy bo‘lsin.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)