Xorazm viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatni 2018—2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bunda asosiy e’tibor viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rin olgan. Bo‘sh turgan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida yangi tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar taqdim qilindi.
Taqdimotda kam ta’minlangan oilalarning qoramol va parranda boqish, tomorqada sabzavot mahsulotlari yetishtirishdagi ishtirokini faollashtirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.
Izoh (0)