12-oktabr, payshanba kuni 2012 TC4 asteroidi Yer yaqinidan uchib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net” NASA’ga tayanib.
Diametri 10—30 metr bo‘lgan asteroid Yerga 50 ming km masofada yaqin keldi.
“Kosmik o‘lchamlar bo‘yicha bu o‘ta yaqin masofa hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Oy bizdan yetti marta uzoqda joylashgan”, — dedi olimlar.
NASA mutaxassislari asteroidni videoga oldi.
Izoh (0)