Yerdan uchirilgan birinchi sun’iy yo‘ldoshga 60 yil to‘lishi munosabati bilan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘zining saytida sovet kosmik dasturining dastlabki bosqichlari va PS-1 qurilmasining uchirilishiga oid maxfiy ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
1957-yilning 4-oktabridagi MRB hujjatlarining birida qayd etilishicha, 1957-yilning aprelida simob batareyalarining kichik partiyasi Britaniya kompaniyasidan Sobiq ittifoqqa yetkazilgan. Shu bilan birga, korxona ishchilarining ta’kidlashicha, yetkazib berilgan batareyalar “Sputnik-1” va “Sputnik-2” sun’iy yo‘ldoshlarida quvvat manbasi sifatida ishlatilishi lozim bo‘lgan.
Ilgari nashr qilinmagan 440 sahifadan iborat 59 ta hujjat sovet raketa dasturi va xarakteri borasida batafsil tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi, ular MRBning barcha hisobotlarini va AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer nomiga yuborilgan hisobot yozishmalarini o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)