Iroqning Anbar provinsiyasida joylashgan Xit shahridagi kafe portlashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Portlovchi moslama xudkush-terrorchi tomonidan harakatga keltirilgan.
Iroq xavfsizlik kuchlari provinsiya g‘arbida IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash olib bormoqda.
Xit shahri jangari harakatlar olib borilayotgan hududdan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)