Misrda jinoiy sud “Misr legioni tashkilotlari” ishi bo‘yicha 13 ayblanuvchini o‘lim jazosiga mahkum etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Misrdagi Giza jinoyat sudi 8-oktabr, yakshanba kuni ‘Misr legioni tashkilotlari’ ishi bo‘yicha 13 ayblanuvchini hukm ijrosi haqida yuridik xulosa berishi uchun muftiyga yo‘naltirish haqida qaror qabul qildi”, — deyiladi xabarda.
O‘lim jazosi hukmi tasdiqlash uchun muftiylar kengashiga yo‘naltirildi. Jangarilar ishi bo‘yicha yakuniy hukm sud tomonidan 2017-yil 7-dekabrda chiqariladi.
Ushbu ish bo‘yicha yana 44 kishiga nisbatan ayblovlar e’lon qilingan. 2013-yildan 2015-yil mayigacha bo‘lgan davrda gumonlanuvchilar Giza va Qohira shaharlarida qator hujumlarni amalga oshirgan. Bundan tashqari, ular Giza milliy xavfsizlik direktorini, shuningdek, politsiya generali va ofitserini o‘ldirgan.
Izoh (0)