Barselonada 8-oktabr, yakshanba kuni yagona Ispaniyani qo‘llab-quvvatlovchi va Kataloniyaning mustaqillikni e’lon qilish rejasiga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
El Pais nashriga ko‘ra, tashkilotchilar aksiyada millionga yaqin kishi qatnashganini bildirmoqda.
Kataloniyaning boshqa shaharlarida ham ishtirokchilari mustaqillik masalasida muloqotga chaqirgan namoyishlari o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr, dushanba kuni Kataloniya parlamenti avtonomiya mustaqilligi masalasini muhokama etish uchun to‘planadi.
Izoh (0)