G‘arb davlatlari terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“IShID, ‘Al-Qoida’, Kurdiston ishchi partiyasi — bu tashkilotlarning barchasi ortida G‘arbning soyasini ko‘rasiz. FETO qayerda? U ham G‘arbda. Ular o‘ta salmoqli moddiy yordam oladi”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on Afon shahrida Adolat va taraqqiyot partiyasi faollari oldidagi chiqishida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)