Braziliya homiysi deb hisoblaniladigan aparesidalik Bibi Maryam haykali yangi tilla toj bilan bezatiladi, deb yozadi “TASS”.
Bunday sovg‘ani ruhoniylar va dindorlar katoliklar ardoqlaydigan ziyoratgohning 300 yilligi (topilganiga 300 yil to‘lishi) munosabati bilan taqdim etdi.
Tojni bezashda 68 ta brilliant, shuningdek, zumrad, yoqut va marvaridlardan foydalanildi. Ular Braziliya bayrog‘idagi yashil, ko‘k va sariq ranglarni bildiradi. Qimmatbaho aksessuarni tayyorlash uchun ishlatilgan oltinni dindorlar mablag‘iga sotib olishdi, toshlarni esa ziyoratgoh joylashgan cherkov bosh ruhoniylari buyurtmasi bilan toj ustida ishlagan zargarlar xayriya qildi.
Izoh (0)