9-oktabr kuni tunda Yangi Zelandiyadagi Janubiy orolning Danidin shahridan 2027 kilometr janubi-g‘arbda, Tinch okeanida 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Zilzila epimarkazi Antarktida qirg‘oqlaridan 710 kilometr, Terra Nova ko‘rfazidagi Mario Zukkeli ilmiy markazidan 1472 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Epimarkazdagi silkinishlar intensivligi bo‘yicha zilzila “vayronkor” deya baholanmoqda.
Mavzuga doir: Olmaotadan 76 kilometr masofada zilzila sodir bo‘ldi
Izoh (0)