Ispaniya politsiyasi xalqaro operatsiya davomida 3,8 tonna kokain olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Kemada Ispaniyaga 3,8 tonna kokain olib ketilayotgan edi. Ekipajning 7 nafar a’zosi hibsga olingan. Narkotiklar kema oshxonasi ostidagi kabinada yashirilgani aniqlandi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Kolumbiyadan Ispaniyaga yo‘l olgan kema Kanar orollaridan 870 kilometr uzoqlikda qo‘lga olingani bildirilmoqda.
Izoh (0)