Michoakan shtatidagi Paracho shahrining meri Stalin Sanches Gonsales noma’lum kimsalar tomonidan Meskikada otib ketildi. Bu haqda shtat gubernatori Silvano Aureoles ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novsoti”.
“6-oktabr erta tongda hayot bilan vidolashgan Paracho ma’muriyatining rahbari Stalin Sanches Gonsalesning barcha qarindoshlari va do‘stlariga chuqur ta’ziyamni izhor qilaman”, — deb yozadi Aureoles o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Shtat rahbari Michoakan prokuraturasiga qotillik yuzasidan tergov boshlashni va aybdorlarni qo‘lga olish borasida topshiriq bergan. “Aybdor jazosini oladi”, — deya ta’kidlagan Aureoles.
Bu Meksika shaharlari merlarining joniga birinchi bor qasd qilinishi emas. Avgust oyida Puebla shtatidagi Ueuetlan ma’muriyati rahbari Xose Santamariya Savala ham o‘ldirib ketilgan edi. Iyul oyida qurollangan bosqinchilar Gerrero shtatidagi Pungarabato shahri meri Ambrosio Soto Duartening mashinasiga hujum qilib, uni o‘ldirgan. Bunga qadar Chyapas shtatidagi San-Xuan-Chamula shahrining rahbari qabuliga moliyaviy shikoyatlar bo‘yicha kelgan shaharliklar tomonidan o‘ldirilgan edi.
Izoh (0)