Ko‘pchiligimiz sevib iste’mol qiladigan ponchik (yog‘da ko‘pchib pishgan kulcha) ko‘p vaqt va masalliq talab qilmaydi.
Zarur masalliqlar:
- 500 g tvorog (5 foizli);
- 1,5 stakan un;
- 70 g shakar;
- 3 ta tuxum;
- 1 paketcha razrixlitel (yumshatgich);
- 1 paketcha vanilin;
- bezak uchun shakar upasi;
- qovurish uchun 1 stakan o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanish usuli:
Tuxumlarni shakar va tvorog bilan aralashtiring.Un, razrixlitel va vanilinni alohida aralashtirib, uni tvorog va tuxum aralashmasiga qo‘shing. Silliq massa hosil bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiring.
Qo‘lingizni suvga ho‘llab, xamirdan bo‘lakchalar uzib oling va ularni dumaloqlang. Bunday miqdordagi masalliqlardan taxminan 30—35 ta xamir yumaloqchalari hosil bo‘ladi.
Qozonni qizdirib, yog‘ soling.
Yumaloqchalarni qaynab turgan yog‘ga solib, yuzaga qalqib, chiqqach, ehtiyotkorlik bilan ag‘daring. Eng past olovda qovuring.
Qip-qizil bo‘lib pishib chiqqan bo‘g‘irsoqchalarni pergament ustiga qo‘ying, shunda ular ortiqcha yog‘dan xalos bo‘ladi.
Ponchiklarga shakar upasi seping.
Manba: “Xitrosti jizni”
Izoh (0)