Terrorchi-xudkushlar 3-oktabr tongida Hindiston shimolida joylashgan Jammu va Kashmir shtatining ma’muriy markazi — Srinagar shahridagi harbiy chegara qismga hujum uyushtirdi. NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, kamida uch nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan, bir nafar terrorchi o‘ldirilgan, jangarilarni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan terrorchilar guruhi Srinagar xalqaro aeroportiga qo‘shni bo‘lgan chegarachilar kazarmasiga hujum uyushtirgan. Hozircha barcha parvozlar bekor qilingan.
Bir nechta terrorchilar ushbu hududda yashirinishni davom etmoqda. Aeroport va unga qo‘shni bo‘lgan hududlar harbiylar tomonidan qurshab olingan, terrorchilarni yo‘q qilish operatsiyasiga jangovar vertolyotlar jalb qilingan.
Izoh (0)