BMT bolalar fondi (YuNISEF) mamlakatlar va xususiy donorlardan Myanmaning Rakxayn shtatidan o‘tgan yuz minglab qochoq joylashgan Bangladesh janubidagi operatsiyalar uchun shoshilinch tarzda 76 million dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fondga ko‘ra, mazkur mablag‘ qochoqlar, shuningdek, ularni qabul qilayotgan jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.
“Umumiy hisobda 720 ming bola yordam bilan ta’minlandi”, — aniqlik kiritdi YuNISEF vakillari.
Izoh (0)