Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy 1-oktabr, yakshanba kuni Kataloniyadagi mustaqillik haqidagi referendum chog‘ida yuz bergan hodisalar uchun dunyo hamjamiyati qarshisida javob berishi kerak. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Raxoy bugun Kataloniya aholisi bilan yuz bergan narsalar uchun dunyo hamjamiyati oldida javob berishi kerak”, — dedi Maduro davlat televideoniyesidagi o‘zining kundalik dasturi efirida.
Venesuela yetakchisi Ispaniya politsiyasini va Fuqarolik gvardiyasini Kataloniyadagi ovoz berishlar oldini olishga qaratilgan shafqatsiz xatti-harakatlari uchun qoraladi.
Maduro, shuningdek, Kataloniya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, “Kataloniya demokratiya uchun huquqqa ega ekanligi”ni aytdi.
Izoh (0)