AQShning Tennessi shtatidagi o‘rmon hududida Boeing T-45 Goshawk harbiy o‘quv-mashg‘ulot samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida ikki kishi, instruktor va uchuvchi-kursant bo‘lgan. Hozirda ularning taqdiri haqida hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan.
“Bilishimizcha, Т-45 samolyoti ushbu hududda parvoz mashg‘ulotlarini o‘tayotgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan harbiylar aerodromga qaytmagan”, — deyiladi xabarda.
Hozirda harbiylar Boeing T-45 Goshawk’ning yuqorida ko‘rsatilgan hududda halokatga uchrashi bilan bog‘liq holatni tekshirmoqda.
Izoh (0)