Janubiy Koreya Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi jangovar guruhini KXDR sharqiy qirg‘og‘iga yuborish haqida AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz AQSh bilan ‘Ronald Reygan’ atom aviatashuvchisi boshchiligidagi jangovar guruhning Sharqiy dengizda 15-oktabr atrofida amalga oshiradigan harakatlari rejasi bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz”, — dedi Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manba.
AQSh jangovar guruhi Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)