Ispaniya referendum o‘tkazilishiga faol to‘sqinlik qilsa, Kataloniya o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Bu haqda Kataloniya parlamentining Xalq birdamligi nomzodi partiyasidan saylangan deputati Karlos Rera ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Ispaniya davlatining haddan ortiq zo‘ravonligi aksariyat maktablarda ovoz berish o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qilsa, mustaqillik va Respublikani e’lon qilamiz”, — dedi Rera.
Deputatga ko‘ra, “haddan ortiq zo‘ravonlik” deganda “xavfsizlik kuchlari tomonidan ovoz berish o‘tkazilishi uchun jismoniy to‘sqinliklar yuzaga keltirishi” nazarda tutiladi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, o‘nlab maktablar (saylov uchastkalari maktablarda tashkil etilgan) butun boshli oilalar bilan egallangan bo‘lib, ular tuni bilan bu yerda navbatchilik qilib chiqdi. Ba’zi maktablarni esa fermerlar qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan qurshab olgan holda himoyaga oldi.
Izoh (0)