Joriy yilning 1-oktabridan boshlab Yagona umumrespublika protsessing markazi “Uzkart” banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lmish banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan UzCard EMV plastik kartalarining amal qilish muddatini besh yilgacha belgiladi. Bu haqda UzCard xabar bermoqda.
Shu kungacha UzCard EMV plastik kartalari uch yillik amal qilish muddati bilan chiqarilayotgan edi.
Ushbu qaror karta egalari hamda tijorat banklari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy qilindi.
Izoh (0)