• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekistonda har yili 1-oktabr sanasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: “Kaspiy.az”

    Foto: “Kaspiy.az”

    Tabrik matni 29-sentabr, juma kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Uning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Qadrli va muhtaram ustozlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Bugun ushbu qutlug‘ ayyomni mamlakatimizda keng nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘’tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarning barchangizga hech qachon uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz.

    Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi.

    Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoiy kasb egalaridir.

    Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz.

    Hurmatli yurtdoshlar!

    Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

    Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Ayni shu maqsadda o‘tgan bir yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita ta’lim-tarbiya sohasiga daxldor bo‘lgan 74 ta farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilinganini ta’kidlash o‘rinlidir.

    Albatta, soha rivojiga yuksak e’tibor natijasi bo‘lgan bu hujjatlarni hayotga samarali joriy qilish, ularga bamisoli jon baxsh etishda biz avvalo siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylarga, sizlarning bilim va tajribangiz, iste’dod va mahoratingizga suyanamiz.

    Bugungi kunda biz zamon talabi va xalqimizning xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, ta’lim tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirishga kirishdik. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 11 yillik tizimga o‘tish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallashtirish, 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi va filiallar tashkil etish, 16 ta universitet va institutda 12 ta yo‘nalish bo‘yicha kechki va sirtqi bo‘limlar ochish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatish, pedagog kadrlar va xalq ta’limi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadbiq etilayotgan, uzoqni ko‘zlagan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini siz, hurmatli ustoz va murabbiylar albatta hammadan ko‘ra yaxshi tushunasiz.

    Ana shu ishlarimizning davomi sifatida shu kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati, “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i tashkil etilayotgani, hech shubhasiz, mamlakatimizda ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli Vebster universitetining filiali ochilishi ham ilm-fan va ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsiyalarni joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

    Ayni vaqtda biz ta’lim-tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, muallimlar, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xorijdagi yetakchi ta’lim markazlari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuchaytirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, yangi o‘quv metodikalarini joriy etish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab dolzarb vazifalar turganini yaxshi anglaymiz va ularning yechimi ustida doimiy ish olib boramiz.

    Muhtaram do‘stlar!

    Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-tarbiya bilan, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida shakllantirish bilan bog‘liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

    Jumladan, butun insoniyatni tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm kabi balo-qazolarni bartaraf etishda faqat ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklanmasdan, birinchi navbatda bu tahdidlarni keltirib chiqarayotgan sabablarga qarshi kurashish, yoshlarni ezgu insoniy ideallar ruhida kamol toptirish eng asosiy vazifaga aylanmoqda.

    Aynan ana shunday yondashuv O‘zbekiston tomonidan nufuzli xalqaro sammitlarda, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida alohida ta’kidlangani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Bu borada biz ilgari surayotgan “Jaholat va zo‘ravonlikka qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” degan g‘oya va tashabbus xalqaro maydonda katta e’tibor va qiziqish uyg‘otmoqda hamda qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    Ishonchim komil, xalqimiz ziyolilarining ilg‘or vakillari bo‘lgan siz, hurmatli ustoz va murabbiylar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, hayotda o‘zini oqlagan maktab, oila va mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtirok etib, barchaga o‘rnak va namuna bo‘lasizlar.

    Siz, azizlarning ana shu ezgu maqsadlarga erishish, inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi O‘zbekiston davlatini barpo etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli mehnatingizni munosib qadrlash uchun biz davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga tayyormiz.

    Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    29.09.2017, 19:42   Izoh (0)   38918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Patriarx Kirill O‘zbekistonga keldi. U boshliq delegatsiya Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashdi

    29.09.2017, 19:06

    Toshkentda yerosti silkinishlari sezildi. 5,2 magnitudali zilzila markazi Zomindan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan

    29.09.2017, 18:52

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi sanasi hali belgilanmagan

    29.09.2017, 18:29

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Yaponiyaga safar qiladi

    29.09.2017, 18:03

    Toshkentda o‘tkazilgan doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkillashtirishga bag‘ishlangan seminarda shvetsiyalik professor ishtirok etdi

    29.09.2017, 17:00

    Vazirlar Mahkamasida parlamentdagi vakolatli vakil lavozimi joriy etildi

    29.09.2017, 15:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:40

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.