Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodani urib yubordi, natijada u voqea joyida vafot etdi, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
2017-yil 25-sentabr kuni soat 08:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Oq tulpor” restorani qarshisida, 25 yoshli haydovchi Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda — 36 yoshli ayol kishi yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)