Prezident qarori bilan Taxiatosh IESda 230—280 MVt quvvatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalari qurish investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi, deb yozadi Norma.
2015-yilda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan. Uning umumiy qiymati — 678,26 million dollar bo‘lib, shundan:
- 300 million dollar — Osiyo taraqqiyot banki zayomi;
- 230,7 million dollar — O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti;
- 27,3 million dollar — “O‘zbekenergo” AJning o‘z mablag‘lari;
- 120,2 million dollar — O‘zbekistonning imtiyoz va preferensiyalar ko‘rinishidagi hissasi.
Izoh (0)