• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Narxlar nega o‘smoqda?

    Yangi iqtisodiy voqelikda qanday yashash kerak? “Kommersant.uz” ekspert Yuliy Yusupovning bu boradagi fikrlarini keltiradi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Avval taxmin qilganimdek, hukumat va Markaziy bank (MB) valyuta bozorini liberallashtirish kursini davom ettirdi: import tovarlariga bojlar sezilarli pasaytirildi, 1-oktabrdan boshlab aholiga naqd valyutaning erkin sotilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Shu bilan birga, rastalardagi narxlar ancha ko‘tarilib qoldi. Buning sabablari bir qancha:

    — Hukumat valyuta liberalizatsiyasini biroz cho‘zgani sababli yuzaga kelgan noaniq vaziyatda, yoz oylarida biznes faolligining susayishi kuzatildi. Biznes konvertatsiya kiritilishini kutib “qotib” qoldi. Natijada, ba’zi pozitsiyalar bo‘yicha tovar takliflari qisqardi. Qisqarish esa, tabiiy tarzda, narx o‘sishini yuzaga keltiradi.

    — Bojxona to‘lovlari pasaytirilishi kechikkani sababli, sentabrda import tovarlar yo eski stavkalarda bojxonadan o‘tkazildi (ya’ni, ikki barobarga oshgan rasmiy kurs bo‘yicha boj to‘landi) va, pirovardida, narxlar ko‘tarildi yoki va’da qilingan stavkalar pasayishini kutib, bojxonadan o‘tkazilmay to‘xtatib turildi (binobarin, bozordagi taklif qisqardi va narxlar ko‘tarildi).

    — Ochiq-oydin va kishibilmas imtiyozlar tufayli bizda ko‘pgina bozorlar kuchli monopollashgan (bu haqda ko‘p bora yozganman). Imtiyozli konvertatsiyadan mahrum bo‘lgan, lekin bozordagi monopol mavqeini saqlab qolgan kompaniya, tabiiyki, “konvertatsiyaviy” daromadining o‘rnini narxni ko‘tarish orqali qoplash payida bo‘ladi. Bunga qarshi faqat bir yo‘l bilan – raqobatni rivojlantirish orqaligina kurashish mumkin. Buning uchun bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta’minlash (individual imtiyozlardan voz kechish), bozorga kirishdagi ma’muriy to‘siqlar (ruxsatnomalar, litsenziyalar, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, kommunikatsiyalarga ulash, ba’zi kompaniyalarga alohida imtiyozlar berish, raqobatchilar bilan kurashda “ma’muriy resrus”dan foydalanish va sh.k.)ni bartaraf etish lozim.

    — Hozircha inflyatsiyaning tub sabablari – ortiqcha pul emissiyasi va davlat xarajatlari bartaraf etilmagan. Qolaversa, MB, aftidan, bozor kursini taxminan bir dollarga 8000 so‘m darajasida ushlab turib, ortiqcha dollarni xarid qilarkan, muomalaga qo‘shimcha so‘m chiqarmoqda. Avval aytganimdek, bu inflyatsiyani yanada kuchaytirishi mumkin.

    Fikrimcha, hukumat va MB inflyatsiyaga qarshi kurashga yana ham ko‘proq kuch tashlashi kerak. Yaxshiki, endi MBda pul massasini ko‘paytirish uchun bozor vositalari paydo bo‘ldi. Ular to‘liq kuch bilan ishlashi uchun tijorat banklarining mustaqilligini kengaytirish va bank tarmog‘ida raqobatni rivojlantirish, aniqroq aytganda, bank islohotini o‘tkazish lozim.

    Shuningdek, afsuski, odatiy bo‘lib qolgan narxlarni jilovlashning ma’muriy uslublari (tadbirkorni “tegishli joy”ga chorlab, narxni pasaytirishga majburlash)dan voz kechish juda muhim. Bunday ma’muriy choralar tanqislik, qora bozorning yuzaga kelishidan boshqa samara bermaydi, boz ustiga, ishlab chiqarish qisqaradi (biznes foyda keltirmayotgan ishlab chiqarishni to‘xtatadi), binobarin, kelgusida narxlar yana ham ko‘tariladi.

    Barchamizdan – amaldorlardan ham, tadbirkorlar va oddiy fuqarolardan ham – yangi “o‘yin qoidalari”ga ko‘nikish talab etiladi. Biz bozor iqtisodiyotida yashashni boshlayapmiz, bu yerda:

    — narxlar istalgan tomonga, kutilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin va bundan vahimaga tushmaslik, g‘azabga minmaslik kerak;

    — tovarlar va xizmatlar uchun, ular talab va taklif mutanosibligiga muvofiq qancha tursa, shuncha to‘lash lozim (bizga ma’qul narxda emas);

    — tadbirkorlar bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga moslashuvchan bo‘lishlari va qisqa muddatli maqsadlar (masalan, narxlarni keskin ko‘tarish orqali pul ishlab olish)dan tashqari, uzoq muddatli (obro‘ va ishonchga bog‘liq) maqsadlar ham borligini unutmasliklari kerak;

    — amaldorlar, odatiy ma’muriy uslublar o‘rniga, ta’sir ko‘rsatishning bilvosita usullaridan foydalanishlari (buning uchun esa, yuqoriroq malakaga ega bo‘lish) talab etiladi;

    — hukumat harakatlarining oldindan bilib bo‘lmasligi va tezkor emasligi biznes faolligi so‘nishiga va narxlar keskin ko‘tarilishiga olib keladi.

    5-sentabrdan boshlab biz yangi iqtisodiy voqelikda yashamoqdamiz – u “bozor iqtisodiyoti” deb ataladi va biz avvalda qo‘llab kelganimizdan mutlaqo farqli xatti-harakatlarni nazarda tutadi. Buni qanchalik tezroq anglasak, o‘zimiz uchun ham, iqtisodiyotimiz uchun ham shunchalik yaxshi bo‘ladi.

    Bozor qonunlari bo‘yicha yashashni o‘rganaylik!

    28.09.2017, 15:12   Izoh (0)   156026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputat: Yangi qonun loyihasi bo‘yicha, jinoyat quroli ayblanuvchiga tegishli bo‘lmasa, musodara qilinmaydi. Egasiga qaytariladi

    28.09.2017, 14:06

    Toshkentda tunda to‘rt yigit yonida pasporti yo‘q, lekin naqd puli borligi uchun militsiyaga olib kelindi. So‘ng bu pul aroq do‘konidan o‘g‘irlangani aniqlandi

    28.09.2017, 13:34

    “Nima uchun farzandlarimiz bu shafqatsizlikka guvoh bo‘lishi kerak?”. Daydi itning otilishi toshkentliklarni g‘azablantirdi

    28.09.2017, 13:12

    Tibbiyot tashkilotlaridagi eskirgan uskunalarni 2023-yilgacha almashtirish shart etib belgilandi

    28.09.2017, 12:37

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi “Rishton” chegara posti ochildi

    28.09.2017, 12:20

    Toshkentda 36 yoshli ayolni Lacetti urib ketdi, u voqea joyida halok bo‘ldi

    28.09.2017, 11:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.