Chempionlar Ligasining so‘nggi 5 mavsumida “Real” va “Borussiya” klublari o‘zaro 8 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 4 tasida madridlik futbolchilar Dortmundga tashrif buyurgan va birortasida zafar qucha olmagandi. O‘yinlarning 3 tasida Bundesliga klubi zafar quchgan, 1 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi.
Joriy mavsumga kelib Zinedin Zidan “Real”ning bu qora an’anasiga barham berib, “Signal Iduna Park”dan g‘alaba bilan qaytdi — 3:1. Shu kuni “Real” safida 400-uchrashuvini o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. U “APOEL”ga qarshi o‘tgan dastlabki turda ham 2 ta gol urgandi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi “Real” uchun urgan gollarini umumiy 411 taga yetkazib oldi.
Londonning “Tottenhem” klubi dastlabki turda dortmundliklarni 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, bu safar Kiprda yirik g‘alabaga erishdi. Shu tariqa 2-turdan keyin Madrid va London klublarining holati bir xil ko‘rinish kasb etdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi. “H” guruhi. 2-tur 26-sentabr, seshanba
Izoh (0)