AQShning eksport-import banki (U.S. Export-Import Bank) 13 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston bilan hamkorlikni qayta tikladi. Bu haqda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov Xalqaro press klubning 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida aytib o‘tdi.
AQSh Eksimbanki bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu bank jahon hamjamiyatida salmoqli o‘ringa ega moliyaviy institut hisoblanadi. Muzokaralar chog‘ida ular mamlakatimizdagi islohotlarga yuqori baho berdi. Eksimbank bilan hamkorlikni qayta tiklash yuzasidan kelishuvga erishildi.Suhrob Xolmurodov, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi
Izoh (0)