AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirmoqda hamda bu boradagi imkoniyatlarni o‘rganmoqda. O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev Xalqaro press-klubning 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida shu xususida so‘z yuritdi.
“Eshitishimcha, McDonald’s O‘zbekiston bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va franshiza orqali kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Biz bu ma’lumotlarni korporatsiyaning hududiy vakillaridan qabul qildik. O‘ylashimcha, biz bu masalani albatta muhokama qilamiz. O‘zbekiston bozori ochiq. Biz O‘zbekiston bozoridagi istalgan raqobatni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi Tashqi savdo vaziri.
Elyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, Nyu-York shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston — Amerika biznes forumida bu masala muhokama qilinmagan.
Izoh (0)