2017-yilning 25—26-sentabr kunlari Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashining tashqi aloqalar va mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Qosim Ludin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Delegatsiya tarkibiga Afg‘oniston prezidentining MDH masalalari bo‘yicha maxsus vakili ofisi, savdo va sanoat, adliya, tashqi ishlar vazirliklari va Fuqaro aviatsiyasi mustaqil byurosi vakillari kiradi.
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi O‘zbekiston—Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘onistonning vakolatli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hukumatlararo bitimlar loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy tashqi ishlar vazirligidagi suhbatda ishtirok etdi.
Izoh (0)