Yangiyo‘l tumanida eshik qulfi buzilib, 1971-yilda tug‘ilgan Zarifa Tursunovaning (ism-shariflar shartli) uyidan umumiy narxi 3 000 000 so‘m bo‘lgan jihozlar o‘g‘irlandi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi uy bekasi, 1993-yilda tug‘ilgan Marina To‘ychiyeva va uning singlisi, uy bekasi, 1995-yilda tug‘ilgan Gulxumor To‘ychiyeva sodir etgani aniqlanib, ushlandi.
IIB tergov olib bormokda.
Izoh (0)